Bugun Konstitutsiyaviy komissiya o‘zining bir oylik faoliyati yuzasidan Oliy Majlis oldida hisobot berdi. Unda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan davrda: Yig‘ma axborot-tahlil guruhi va ularning qoshida alohida Analitik guruh (30 kishi) tashkil etilgan. Undan tashqari Takliflar bilan ishlash guruhi (21 kishi) ta’sis etilgan.
Majlisda, Yig‘ma axborot-tahlil guruhi rahbari Mirafzal Mirakulov, hozirga qadar kelib tushgan takliflarning umumlashtirilgan mazmuni ham aytib o‘tdi:
- Davlat xizmatchilari uchun teng huquqlilik, shaxsga oid ma’lumotlar himoyasi, mehnat qilish va dam olish vaqtini aniq belgilash;
- Har kimning Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish huquqini mustahkamlash;
- Davlat tomonidan barcha diniy tashkilotlar erkinligini ta’minlash. Davlatning diniy konfessiyalar tinch-totuv yashashini kafolatlashini belgilash.
"Internetdan foydalanish erkinligi masalasining Konstitutsiyada yozib qo‘yilishi juda ko‘p fuqarolar tomonidan taklif etilayapti. Axborot almashish va tarqatish tezligi, umuman, siyosiy hayotda Internet degan bir reallik, resurs paydo bo‘ldi.
Nafaqat davlatlararo munosabatlarda, balki fuqarolarning axborot olish erkinligini ta’minlashda jiddiy bir instrument sifatida Konstitutsiyada ko‘rsatilishi juda jiddiy o‘zgarish deb e’tirof etilayapti", deb izoh bildirdi "Milliy tiklanish" DP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov.
"61-moddada davlat diniy birlashmalar faoliyatiga aralashmasligi, din davlatdan ajratilgani to‘g‘risida yaxshi norma berilgan.
Hozirgi kunda yana 2 ta yaxshi norma kiritilayapti. Ya’ni: barcha diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini davlat kafolatlashi, davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashining kafili bo‘lishi. Bu O‘zbekiston uchun juda to‘g‘ri va muhim", - deydi Adolat partiyasi rahbari Nariman Umarov.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaga kiritish uchun takliflarni "Bu mening Konstitutsiyam" platformasida yozib qoldirish mumkin. U yerda bugungi kunda 36 mingdan ortiq taklif bildirilgan.
"Takliflar bo‘yicha eng faol hudud - Toshkent shahri (7 ming taklif), Qoraqalpog‘iston Respublikasidan - 2 mingdan ortiq, Farg‘ona, Qashqadaryo, Jizzax va Andijon viloyatlarida - 3 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Salkam 4 ming anonim taklif ham kelgan. Ularning orasida ham diqqatga sazovor takliflar bo‘lsa, e’tiborga olishga harakat qildik", - dedi Konstitutsiyaviy komissi raisi Akmal Saidov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi