1 243
Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Himoyada tartibli va kuchli o‘yin namoyish eta oldik"
U-23 Osiyo Kubogi final bellashuvidan so‘ng Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Sadd Al Shehri va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Feras Al Baykan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Jamoamiz va bizning g‘alabamizni kutgan barchani muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu finalga xos va kutilgan holat. Muxlislar mezbon jamoani ajoyib qo‘llab-quvvatlab turdi. Shunday bo‘lsa ham, o‘yinchilarim oldilariga qo‘yilgan vazifani uddalashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman", – dedi murabbiy.
"Biz uchun juda qiyin bo‘ldi. Yutishimiz lozim bo‘lgan uchrashuvda oldimizga qo‘yilgan maqsadga yeta oldik. Chempionlik bilan barcha jamoadoshlarim, murabbiylar va yaqinlarimizni tabriklab qolaman", – dedi futbolchi.
- O‘zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
- Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston termasi juda kuchli shakllangan. Mezbonlar Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida ajoyib jamoa tuzgani ko‘rinib turibdi. O‘z navbatida, biz ham endi bor e’tiborimizni kelgusi ushbu yosh toifasidagi musobaqaga qaratib, Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlaymiz.
- Jamoangiz gol o‘tkazmay chempion bo‘lgani haqida nima deya olasiz?
- Avvalo, bularning barchasi Yaratgandan. Qolaversa, himoyada tartibli va kuchli o‘yin namoyish eta oldik. Raqibga qarshi zamonaviy futbolning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘ramiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi