1 555
Shota Arveladze O‘zbekistonning finaldagi mag‘lubiyati haqida: "Ko‘z yosh to‘kayotganini ko‘rish og‘ir, ammo taslim bo‘lmaslik kerak"
Kecha O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionati finalida o‘z uyida Saudiya Arabistoniga mag‘lubiyatga uchraganini xazm qilish qiyin bo‘lyapti, lekin nachora buni tan olishga majburmiz.
O‘yinni hamma ko‘rdi, xorijda ham kuzatishdi. O‘zbek futboliga befarq bo‘lmagan va “Paxtakor”dagi faoliyati orqali o‘zidan iliq taassurot qoldirgan Shota Arveladze ham terma jamoamizning mag‘lubiyati tufayli bizning holatimizni juda yaxshi his qilib turibdi. Ayniqsa, Temur Kapadzening uchrashuvdan so‘ng mag‘lubiyat sababli ko‘z yoshlarini tiya olmagani aks etgan videosi bir zumda hamma joyga tarqalib ketdi. Shota Yustinovich esa ushbu tasvirni ko‘rgach, Sports.uz muxbiriga quyidagilarni aytdi:
“Rostdan ham ushbu videoni ko‘rish qiyin. Qachonki, hamma g‘amdan yig‘layotgan paytda hech kimga oson emas. Ayniqsa, o‘yinni yuta olmaganlari uchun ularni ko‘z yosh to‘kayotganini kuzatish og‘ir.
O‘ylaymanki, finalga yetib borish ham yomon natija emas. Ammo taslim bo‘lmasdan ishlashda davom etish kerak. Hali katta g‘alabalar ham bo‘ladi", - dedi Arveladze. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi