«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa chempionatga qadar yaxshi formada bo‘lish uchun yangi mavsum oldidan bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqchi.
Rim jamoasi futbolchilari ta’tildan bahramand bo‘lmoqda. Ba’zilari terma jamoa bilan musobaqalardan endigina qaytgan bo‘lsa, boshqalari Konferensiyalar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng darhol ta’tilga chiqqandi. Biroq tez orada yozgi yig‘inlar boshlanadi.
«Roma» uchun yangi mavsum boshlanishiga ikki hafta vaqt qoldi: Trigoriyadagi dastlabki yig‘indan so‘ng 4 iyul kuni jamoa Algarvega uchadi va u yerda 23 iyulga qadar qoladi.
Rimliklar 13, 16 va 19 iyul kunlari ham o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Portugaliyadagi yig‘in uchun to‘lov, taxminan, 400 ming yevroga tushadi.
Terma jamoa ixtiyorida bo‘lgan futbolchilar 11 iyuldan jamoaga qo‘shiladi. Asosiy tarkibda bir nechta Primavera futbolchilari bo‘lishi ko‘zda tutilgan, ammo boshqa takliflarni rad etsa, jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ladigan Amadu Diavara bo‘lmaydi.
«Roma» Portugaliyadagi yig‘in davomida 4 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi: «Sporting», «Nitssa»ga qarshi, keyin esa portugal va ispan jamoalariga qarshi o‘yinlar.
Trigoriyada quyi darajadagi raqiblarga qarshi sinov o‘yinlari rejalashtirgan bo‘lib, chempionat boshlanishidan oldin, taxminan, 9 avgust kuni Italiyada yana bir o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mourino jamoani ligaga yuqori formada tayyor bo‘lishi uchun darhol o‘yinlarni o‘tkazmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi