09:23 / 23.06.2022
1 436

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi"
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirdi.

- Natijadan qoniqmadik. O‘yinni ko‘rdinglar, bugun jamoamning holati yaxshi emasligi yaqqol ko‘rindi. Balki bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi. Ayrim vaziyatlarda darvozabonimiz yaxshi harakat qildi. Ochko yo‘qotdik. Aksariyat futbolchilar so‘nggi pallada mashg‘ulotlarda qatnashdi. Shu bois bugun ularga hordiq chiqarish imkonini berdik. Boz ustiga Dilshod Saitovning betob bo‘lib qolishi o‘yin rejalarimizga ta’sir qildi. Fikrimcha, ikki ochko yo‘qotdik. Oldimizga yuqori maqsad qo‘yadigan bo‘lsak, har bir o‘yinda maksimal ochko jamg‘arishimiz lozim, - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- "Nasaf" ikki xil taym o‘tkazdi. Birinchi bo‘limdagi to‘p nazorati ikkinchi bo‘limda raqibga berib qo‘yildi...
- O‘yinga berilgan ko‘rsatmada to‘pni nazorat qilishimizni aytgandim. Lekin bugun oldingi chiziqda keskin uzatmalar bo‘lgani yo‘q. Shu bois birinchi bo‘limni to‘pni nazorat qilish bilan o‘tkazdik. O‘yinni olsak ham, vaziyatlar kam yaratdik, deya olaman. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq hujum qilganimizga qaramay gol urish nasib qilmadi. Shuningdek standart vaziyatlardan foydalanishda oqsaganimiz sezildi. Uch kun oldin to‘liq tarkib yig‘ildi. Bu ta’sir qilishini sezgandim. Ammo bu bahona bo‘lmasligi kerak.

"Olimpik" - AGMK uchrashuvidagi hisobdan xabarim yo‘q edi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida aytib qolishdi. Ochig‘i Timur Kapadze shogirdlarida hozir kayfiyat ancha yaxshi. AGMK juda tajribali jamoa. Ular bilan o‘yinda ijobiy natija uchun harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi"