"Liverpul" afsonalaridan biri Manening ketishiga munosabat bildirdi

"Liverpul" afsonalaridan biri Manening ketishiga munosabat bildirdi
Sobiq futbolchi Maykl Ouen Sado Manening "Liverpul"dan "Bavariya"ga o‘tib ketganiga hayron qoldi.

"Mane "Liverpul"dan "Bavariya"ga o‘tib ketganini haligacha tushuna olmayapman. Ammo u bu yerda o‘zini zo‘r futbolchi sifatida ko‘rsata oldi, ajoyib harakat qildi va klub afsonasi sifatida tarixga kiradi", - dedi Ouen.

Mane 2016 yildan beri "Liverpul"da o‘ynaydi. Bu vaqt ichida u klub bilan birga 6 ta sovrin, shu jumladan Chempionlar ligasi va APL g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar