Bugun Superliganing 3-tur qoldirilgan bahsida AGMK o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Xayrulla Karimov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugun ochiq, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Chunki “Nasaf” ochiq, hujumkor o‘yinni yaxshi ko‘radigan jamoa. Qolaversa, bizning jamoa ham raqibga qarshi munosib harakat qildi. Bugungi hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi deb o‘ylayman.
- “Nasaf”ga qarshi o‘yindan oldin AGMK safida bir qator yo‘qotishlar bor edi. Bu yo‘qotishlar qanday bartaraf etildi?
- Yo‘qotishlar va jarohatlar futbolda hamisha yonma-yon yuradi. Shuning uchun yo‘qotishlarning o‘rnini har doim to‘ldirib borish kerak. Biz tarkibimizda bor sog‘lom futbolchilar bilan maydonga tushishga harakat qildik. Jumladan, Dilshod Ahmadaliyev hali to‘liq tiklanib ulgurmagan bo‘lsada, maydonga tushib, harakat qildi. Shunga qaramasdan, futbolchilar maydonda borini berib harakat qilishdi va muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishdi deb o‘ylayman.
- AGMK ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinini ancha yaxshiladi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Hisobda ortda borayotganingizdan so‘ng natija ko‘rsatish uchun gol urishingiz kerak. Shuning uchun biz faqat oldinga o‘ynashimiz kerak edi. Futbolchilarimiz esa ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinlarini kuchaytira olishdi va bu o‘z samarasini berdi. Biz bugun 3 ochkoga ega bo‘lishimiz ham mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi