
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes kelasi mavsumda nufuzli sovrinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.
Ispaniyalik mutaxassis tarkibni tajribali va kuchli o‘yinchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirgan. Biroq, klub mutasaddilari bosh murabbiy ko‘zlagan transferlarni amalga oshira olmayapti.
Xavi o‘z jamoasida Robert Levandovski, Jyul Kunde, Sesar Aspilikueta, Markos Alonso va Bernardu Silva kabi yulduzlarni ko‘rmoqchi. Lekin hozircha bu orzuligicha qolmoqda.
“Barselona” ro‘yxatdagi o‘yinchilarni olishi uchun birinchi navbatda hozirgi tarkibdagi futbolchilardan bir nechtasini sotib yuborishi va maosh fondini qisqartirishi talab etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar