date 19:11 / 27.06.2022
views 1 741

Shavkat Rahmonov Hamzat Chimaev bilan qachon jang qilmoqchi?

Shavkat Rahmonov Hamzat Chimaev bilan qachon jang qilmoqchi?
Xabaringiz bor, kuni kecha "UFC Vegas 57" turniri boʻlib oʻtdi. Mazkur jang kechasining ikkinchi markaziy jangida asli Oʻzbekistonda tavallud topgan, qozogʻistonlik Shavkat Rahmonov (16-0) AQSh vakili Nil Magni (26-9) bilan toʻqnash keldi va xech qanday qiyinchiliksiz muddatidan avval muvaffaqiyat qozongan edi.

Avvalroq, Shavkat Rahmonov haqida ushbu divizionning yulduzlaridan biri Xamzat Chimaev (11-0) fikr bildirgandi va bu anchagina shov-shuvga sabab boʻlgan edi. Kechagi gʻalabadan soʻng, Rahmonov Chimaevni jangga chorlashini koʻpchilik kutgan edi. Biroq, qozogʻistonlik jangchi Stiven Tompson keyingi raqibi boʻlishini istagan edi.

"Nega Chimaevni chaqirmadim? Vaqti-soati keladi. Bitta yoki ikkita jangdan keyin biz toʻqnash kelamiz. Kamar uchun jang qilishimiz ham mumkin.

Agar, Kamaru Usman ketsa, a'lo ish boʻlardi, har ikkimiz uchun ham. Jangni esa asta-sekin rivojlantirish kerak. Intriga oshib boraveradi
", - dedi Rahmonov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport