
“Roma” hujumchisi Nikolo Dzanoloni olishga harakat qilayotgan “Yuventus” nihoyat poytaxtliklarni bo‘lajak transferga o‘z futbolchilarini qo‘shishga ko‘ndirdi.
Rimliklar 22 yoshli futbolchini 50-60 million yevroga baholamoqda. Turinliklar narxni tushirish uchun o‘z o‘yinchilarini taklif qilmoqda.
“Roma” mutasaddilari turinlik o‘yinchilar orasidan Artur Ramos, Fabio Miretti va Jakomo Vrionini tanladi.
Arturning transfer narxi 18 million yevroni tashkil qilsa-da, Mourino bu o‘yinchiga unchalik qiziqmayapti. Portugaliyalik mutaxassis yosh o‘yinchilar – Italiya yoshlar terma jamoasi yulduzi, 18 yoshli yarim himoyachi Fabio Miretti va Albaniya terma jamoasining 23 yoshli hujumchisi Jakomo Vrioniga e’tibor qaratgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar