22:04 / 29.06.2022
1 253

Ulug‘bek Baqoyev: "Bizning o‘z falsafa va o‘yinimiz bor. O‘ylaymanki, to‘g‘ri yo‘ldamiz"

Ulug‘bek Baqoyev: "Bizning o‘z falsafa va o‘yinimiz bor. O‘ylaymanki, to‘g‘ri yo‘ldamiz"
OFK kubogi 3-turdan o‘rin olgan "Oltin Asr"ga qarshi uchrashuvdan oldin matbuot anjumanida "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev va futbolchi Javohir Qahramonov ishtirok etdi.

- "Ertaga qiyin o‘yin bo‘lishi tabiiy. Raqib yaxshi shakllangan. To‘pni va o‘yinni nazorat qiladi, jismoniy tomondan ham futbolchilari yomon ko‘rinmadi. G‘alaba uchun harakat qilamiz. Har 3 kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Shuning uchun futbolchilarda bu borada kichik kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Futbolchilarda xohish va ishtiyoq kuchli. Xudo xohlasa keyingi bosqichga chiqamiz", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

- "Oltin Asr"ning 2 ta o‘yinini ko‘rib chiqdik. O‘yinga yuz foiz tayyormiz. Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz", - deydi Javohir Qahramonov.

- Jamoa bu musobaqada ilk bor ishtirok etmoqda. Muxlislarning "So‘g‘diyona"ning o‘yini haqidagi fikrlari bevosita yuqoridagi omilga bog‘liqmi?
- Har bir muxlisning o‘z qarashi bor. Muxlislarga hujumkor futbol yoqadi. Kimgadir yoqamiz yoki yoqmaymiz. Bizning o‘z falsafamiz, o‘yinimiz bor. O‘ylaymanki, to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bu yil hisobidan uchinchi turnirda qatnashyapmiz. Har bir o‘yinga ruhiy, jismoniy tomondan tayyor bo‘lib borish kerak. Shundagina g‘alaba qozonish mumkin.

- Imkoniyatlarni qanday baholaysiz? Jamoani durang ham qoniqtiradi...
- Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Ertaga ikki jamoada ham imkoniyat bo‘ladi.

- SSKA bilan o‘yinda futbolchilar gol o‘tkazib yuborishdan qo‘rqib ko‘proq himoyada o‘ynashdi. Ertaga ham bu narsa takrorlanmaydimi?
- O‘yinga tayyorlanish uchun oldinda vaqtimiz bor. Nazariy mashg‘ulotlarda barchasi aytiladi. Yigitlar maydonda nima uchun o‘ynayotganini bilishlari kerak. Umid qilamanki, ular borlarini berishadi.

- Javohir Qahramonovga savol. SSKA O‘zbekiston chempionatida nechinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi?
- Yaxshi jamoa ekanligi ko‘rinib turibdi. To‘pni yaxshi nazorat qilar ekan. Fikrimcha, SSKA O‘zbekiston chempionatida o‘rta o‘rinlarni egallagan bo‘lardi.

- Jamoa ikkita uchrashuvni su’niy maydonda o‘tkazdi. Futbolchilaringiz bunga moslashib oldimi?
- Har bir narsani o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Ob-havo, to‘pni yaxshi harakatlanmasligi qo‘shimcha kuch talab qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Bizning o‘z falsafa va o‘yinimiz bor. O‘ylaymanki, to‘g‘ri yo‘ldamiz"