Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Og‘ir o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bunday qarshilikni kutgan edik. Yigitlarga ham "Olimpik" qanday raqibligini, to‘pni yaxshi nazorat qilishini aytgandim. Bugun himoya va hujumda samaraliroq o‘ynashimiz kerak edi. Albatta oxirgi o‘yinlarda bitta tarkib bilan o‘ynayotganimiz, rotatsiya qilishga imkonimiz yo‘qligi o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
- Bugun durang bo‘lmasin deb, muxlislar har bir o‘yinga xavotir bilan kirishmoqda...
- Balki shuning uchun ham durang bo‘layotgandir (kuladi). Umuman olganda oson o‘yinlar o‘tkazayotganimiz yo‘q. Farg‘onada ochko yo‘qotdik. Ushbu uchrashuvdan oldin holatimiz yaxshi emasdi. Futbolchilarni bugungi natijada ayblab bo‘lmaydi. Ko‘rinib turibdiki, xohish katta.
- Bugungi hakamlik haqida fikringiz qanday? Sizningcha, o‘sha vaziyatda gol bo‘lganmidi?
- Vaziyatlarni baholashda e’tibor qilganim yo‘q. Agar gol bo‘lganida aytishardi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi