O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 13-turidan o‘rin olgan AGMK — “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.
- Avvalo “Navbahor” muxlislarini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, bugun ajoyib o‘yin namoyish etgan yigitlarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shogirdlarim haqiqiy professional ekanliklarini isbotlashdi. Bugun maydonda haqiqiy jang kechdi. Sababi, yutuq ikki jamoa uchun juda muhim edi. Menimcha, mazkur bahs shu kungacha bo‘lib o‘tgan chempionatning eng qiziqarli uchrashuvi bo‘ldi. Bizga munosib raqiblik qilgan mezbonlarni ham alohida e’tirof etish zarur. Ular bizga muammo yaratishdi. Ammo bugun o‘yin tashkil qilishda biz bor e’tiborimizni bir joyga jamlagandik. Lekin ikkinchi bo‘lim boshida o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Umuman olganda, jamoamiz juda yaxshi o‘ynadi. Turnir jadvalida muxlislarimizni xursand qiladigan o‘rindamiz. Muxlislarimiz o‘yinimizdan qoniqishlari uchun barcha ishni qilamiz.
- Boyan Sigerni chap qanot himoyasida o‘ynatdingiz. U biroz sekin harakatlandi. Uning o‘yini haqida gapirsangiz...
- Umuman olganda, Siger ko‘p qirrali himoyachi emas. U chempionat boshida yomon o‘ynamadi. Bu majburiy qaror edi. Siger maydonga tushishidan oldin faqatgina bir marta mashg‘ulotlarda qatnashdi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari bor edi. Umuman olganda, professional futbolchi qaysi pozitsiyada o‘ynamasin, u murabbiy talablarini bajarishi kerak. Siger bugun buni uddaladi. Uni almashtirganimizga kelsak, Sigerda sariq kartochka bor edi. Unda ikkinchi sariq kartochkani olish xavfi bo‘lgani uchun Boyanni almashtirdik.
- Jamoa yaqinda Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi. Davralar oralig‘ida tarkibda yana yangi futbolchilar paydo bo‘ladimi?
- Diyor Turopov masalasiga keladigan bo‘lsak, Shahboz Beg‘amov ismli inson bu yangilikni butun mamlakatga e’lon qilib yubordi. Turopov bilan rasman shartnoma imzolasak, buni e’lon qilamiz. Umuman olganda, jamoadagi seleksion ishlar davom etmoqda.
- Zoran Marushich borasida Moskvaning “Torpedo” jamoasi bilan muzokaralar bo‘layotgani borasida klub saytida e’lon qilingandi. Shu masalaga to‘xtalib o‘tsangiz...
- To‘g‘ri, “Torpedo” klubi Marushichga qiziqmoqda. Jamoa sport direktori Marushichni anchadan beri kuzatmoqda. U Gruziyada ajoyib mavsum o‘tkazdi. Biroq, Marushichning shartnomasi bor va hozirda u “Navbahor” a’zosi hisoblanadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi