
"Roma" klubi "Lill"dan himoyachi Zeki Chelikni sotib olmoqchi. Hozirda transfer masalalari yakuniy bosqichda. O‘ng qanot himoyachisi rimliklar uchun 7 million yevroga tushadi. U ertaga klub uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi aytilmoqda.
"Bo‘rilar" Zeki bilan moliyaviy tomonlama kelishuvga erishib bo‘lgan. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, turkiyalik himoyachi o‘tgan mavsum "Lill" safida Liga 1ning 32 o‘yinida 2 gol va 3 assist muallifiga aylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar