22:19 / 04.07.2022
1 379

Luisma Ernandes: "Darvozabonlarning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan mamnunman"

Luisma Ernandes: "Darvozabonlarning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan mamnunman"
Superliganing qollirilgan 5-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Albatta o‘yinning birinchi bo‘limida nazoratga ega bo‘ldik. Faqat ikkinchi bo‘limda individual xatolar evaziga gollar qo‘yib yubordik. Ikkinchi bo‘limda bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, biroq foydalana olmadik.

- Amaldagi chempionga qarshi qanday uslubda o‘ynashni rejalagan edingiz?
- Albatta "Paxtakor"ga qarshi biz himoyaviy va jipslashgan xolatdagi o‘yin uslubini reja qilgan edik. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, yuqorida aytganimdek foydalana bilmadik. Ba’zi vaziyatlarda qisqa uzatmalar orqali ham o‘yin tashkil etdik.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yinda yetakchi futbolchilarimizning yo‘qligi yaqqol sezildi. Masalan, Aliqulov va Otaxonovlar maydonga tusha olmaganliklari jamoamiz o‘yinining sifatli chiqmaganiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari Farrux Ibragimov ham jarohat oldi, shu sabab o‘yin davomida himoya chizig‘imiz bir oz kuchsizdek ko‘rindi. Lekin "Paxtakor" ham O‘zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri ekanini unutmaslik kerak. Ular bugun o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishdi.

Bugungi o‘yindan so‘ng 2-3 kun dam olamiz. Keyin yana yig‘inga kirishib transferlar oynasi vaqtida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish ustida ishlaymiz.

- Darvozabonning o‘yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Albatta, yuqorida aytganimdek birinchi gol noqulay vaziyatda urildi. Ikkinchi gol esa yaqqol himoyachilarning xatosi evaziga yuzaga keldi. Umuman aytganda, darvozabonlarimiz ko‘rsatayotgan o‘yinlardan mamnunman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luisma Ernandes: "Darvozabonlarning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan mamnunman"