Superliganing 5-turida qoldirilgan "Nasaf" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Superliganing barcha jamoalari kuchayib bormoqda. Birinchi davrani jamoamiz yaxshi o‘tkazdi. Ha, balki ayrim joylarda ochko yo‘qotgandirmiz. Ammo umumiy olganda ilk davra yaxshi o‘tdi. OCHL o‘yinlarini ham qo‘shsak, birinchi davrada 20ga yaqin o‘yin o‘tkazib, shularning ikkitasida mag‘lub bo‘libmiz. O‘ylaymanki, bu jamoamiz uchun yaxshi natija. Hozir har bir jamoa o‘yinlarga yaxshi tayyorlanib, kurash taklif qilmoqda.
Mana, "Surxon" ham bugun bizga yaxshi qarshilik ko‘rsata oldi. Biz himoyada yaxshi harakat qildik, hujumlarda samarali bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda qarshi hujumlarda ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Biroq so‘nggi pasni beradigan o‘yinchi topilmadi. O‘ylaymanki, raqibdan ustunlik qildik. "Surxon" darvozamiz oldida vaziyatlar yarata olmadi. Yigitlarga minnatdorlik bildiramiz va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Ketma-ket uch durangdan keyin g‘alabani ancha kutdik.
- Birinchi davra yakunlandi. Ikkinchi davraga rejalar qanday? Transfer oynasida yangiliklar bo‘ladimi?
- Yigitlarga rejalarni aytdik. Hozir ularga bir hafta dam beramiz. Shundan keyin ish jarayonini boshlaymiz. O‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan chiziqlar bo‘yicha seleksiya ishlarini olib boryapmiz. Bu masalada rahbariyat bilan gaplashamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi