Matteus Ronaldu haqida: “Levandovskining o‘rniga munosib nomzod”

Matteus Ronaldu haqida: “Levandovskining o‘rniga munosib nomzod”
“Bavariya” sobiq a’zosi Lotar Matteus “Manchester Yunayted”ni tark etishni xohlayotgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Agar “Bavariya” Krishtianu Ronalduni hali ham jismonan bir yoki 2 yil o‘ynashga qodirligiga hamda Robert Levandovskining transferidan oladigan ulushini portugaliyalik megayulduzga sarmoya qilishiga ishonsa, unda buni o‘rganib chiqardim.

Albatta, bu kelajakni ko‘zlangan transfer bo‘lmaydi, chunki u 37 yoshda. U “Bavariya” tizimiga mos kelishiga ham ishonchim komil emas. Ammo u hali hamon qoyilmaqom to‘purar hisoblanadi. Barcha davrlarning eng yaxshi hujumchilaridan biri va 30 ga yaqin gol urishi aniq. Futbolkalarining savdosidan esa yaxshigina foyda kafolatlangan
”, deydi Matteus.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar