
“Roma” klubi rasmiy sayti orqali “Lill” himoyachisi Mehmet Zeki Chelikni transfer qilganini e’lon qildi.
Poytaxtliklar ushbu transfer borasida faqat bir ma’lumot – turkiyalik o‘yinchi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma tuzilgani haqida xabar qoldirgan xolos.
Biroq, Italiya matbuoti “bo‘rilar” Turkiya terma jamoasi o‘yinchisini olib kelish uchun Fransiya klubiga 7 million yevro to‘lagani haqida bong urmoqda.

Bu “Roma”ning yozgi transferlar mavsumidagi uchinchi xaridi bo‘ldi. Ungacha, rimliklar o‘z safiga serbiyalik o‘yinchilar – darvozabon Mile Svilar va yarim himoyachi Nemanya Matichni qo‘shib olgan edi.
25 yoshli Zeki Chelik “Lill”ning yetakchi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan. U jamoasining 2020-2021 yilgi mavsumda Fransiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar