Coca Cola Superligasining 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Qizilqum" qoldirilgan uchrashuvidan (0:3) so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev qatnashdi.
- O‘yin haqidagi fikrlaringiz?
- Nima deyishim mumkin. O‘yin boshidanoq barchasi teskari ketdi. Bu futbol. Biz so‘nggi o‘n ikki kun ichida to‘rtta o‘yin o‘tkazdik. Yigitlarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ularga rahmat aytaman. Muxlislar qiyin paytda ham futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rardim. Sababi, futbol faqat g‘alabadan iborat emas.. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Oldimizda ikkinchi davra bor. Raqibni g‘alab bilan tabriklayman.
- Jasur Hasanov nega asosiy tarkibda maydonga tushirilmadi?
- Luka Chermal kasalxonaga tushib qoldi. Uning ko‘richagi olib tashlandi. Jasur Hasanovga esa ketma-ket uchta o‘yindan so‘ng dam bermoqchi edim. Jasurni ham tushunish kerak, u temirdan emas.
- Shoxruz Norxonovni zaxiraga olayotgan paytingiz u biroz e’tiroz bildirdi..
- Bu emotsiya natijasida bo‘ldi. Bo‘lib turadi. Hech qanday ortiqcha narsa bo‘lmadi. U ham qisqa muddat ichida uchta o‘yinda maydonga tushgandi. Shu sabab ham uni zaxiraga oldim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi