Serra-Leone futbol assotsiatsiyasi ikkita o‘yinda 187 ta gol kiritilgan bahslar bo‘yicha ish ochilganini e’lon qildi.
Serra-Leone ikkinchi divizionida "Kaxunla Reynjers" jamoasi "Lumbebu Yunayted"ni 95:0, "Galf" esa "Kokima Livan"ni 91:1 hisobida mag‘lub etgan. Bunday natija mamlakat futbol amaldorlarida ko‘plab savollarni keltirib chiqargan.
Ushbu o‘yinlarning birinchi bo‘limi 2:0 va 7:1 hisobida yakunlangandi. Tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, bu bo‘yicha tergov ishlari olib boriladi.
Qizig‘i, bunga bukmekerlik faoliyatining aloqasi yo‘q. O‘yinlar bir vaqtda boshlangan, yuqori divizionga chiqish uchun kurashayotgan "Kaxunla Reynjers" va "Galf" jamoalari hisobida bir xil ochko bo‘lgan. Sabab - to‘plar nisbatidagi raqobat.
Yana bir fakt shuki, "Galf" - "Kokima Livan" o‘yini hakami tanaffus vaqtida o‘yinni davom ettirishni istamagan va uning o‘rniga boshqa hakam ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi