
Budapeshtda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
-66 kg vazn toifasi finalida ishtirok etgan Rahimjon Subxonov hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Olimpiada chempioniga qarshi kurashdi.
Yakunda Abe yosh sportchimizni 2 vazari bahosi bilan mag‘lub etib, o‘zining 3 yildan beri uzilmayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettiradigan bo‘ldi. Subxonov esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, Subxonov faoliyatida ilk bor «Katta dubulg‘a» turnirlarida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan tashqari u jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 350 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.
Hamyurtimiz bungacha jahon reytingida 197-pog‘onada joylashgan edi. Uning bu kumush medali yangi haftada kuchli 50 talikka kirishi uchun zamin yaratadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar