1 901
Superligadagi ilk argentinalik futbolchi O‘zbekistonga kelishi, chempionat darajasi haqida fikr bildirdi
Mavsum boshida barcha jamoalar kabi "Qizilqum" ham o‘z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirgan edi. Shunday transferlardan biri argentinalik futbolchi Gonsalo Gabriel Rittako hisoblanadi. Hozirgi kunda Superliga jamoalari yozgi tannafusdaligini hisobga olgan holda O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi dastlabki argentinalik futbolchi mavsumning ikkinchi qismiga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan qiziqdik.
- "Qizilqum" jamoasidan sizga qachon va qanday qilib taklif kelib tushdi?
- Fevral oyida agentim qo‘ng‘iroq qilib, "Qizilqum" jamoasidan taklif bo‘layotganini aytdi va klub murabbiyi meni o‘z jamoasida kutayotganini ta’kidladi. So‘ngra ushbu taklifni qabul qildim.
- O‘zbekistonga kelishingizdan avval yurtimiz haqida qanday ma’lumotga ega edingiz?
- Tug‘risini aytsam, deyarli hech qanday ma’lumot bilmasdim, chunki bu yerda dastlabki argentinalik bo‘lganligim uchun bu mamlakat haqida kimdan so‘rashni bilmasdim. Ammo yurtingiz va futbolingiz haqida izlandim va shu yerga kelishga qaror qildim.
- Aytib o‘tganingizdek, O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi dastlabki argentinalik futbolchisiz. Bu haqda qanday fikrdasiz?
- Rostini aytsam, bu haqda O‘zbekistonga kelganimdan so‘ng eshitdim. Bir kuni argentinalik jurnalist qo‘ng‘iroq qilib, ushbu ma’lumotni menga aytganida, juda hayron bo‘ldim, chunki dunyo buylab minglab argentinalik futbolchilar faoliyat olib borishadi. Yana shuni ta’kidlashim kerakki, bu yerdagi birinchi argentinalik futbolchi bo‘lish men uchun juda katta sharaf. O‘ylaymanki, kelgusida ko‘plab yurtdoshlarim ushbu mamlakatda faoliyat olib borishadi.
- O‘zbekistonda yarim mavsum to‘p tepdingiz. Superliga qanday taassurot qoldirdi?
- Menga chempionatingiz juda ham yoqdi, chunki bu yerda barcha jamoalar chempionlik uchun kurashmoqda. O‘ylashimcha, Superliga Osiyodagi eng kuchli ligalardan biri hisoblanadi.
- Bo‘sh vaqtingizda nimalar bilan shug‘ullanasiz?
- Vaqtdan unumli foydalangan holda jismoniy holatimni yaxshilashga harakat qilmoqdaman, chunki asosiy tarkibdan joy olishim shart. Dam olish haqida o‘ylamayapman, sababi mavsum so‘ngida dam olishga vaqtim bo‘ladi. Albatta, bu o‘lkaning tarixiy shaharalarini ziyorat qilish niyatidaman.
- Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, jamoadagi muhit unchalik yaxshi emas. Bu haqda nima deya olasiz?
- Bu jamoa mening oilam hisoblanadi va har bir oilaning o‘z sirlari bo‘ladi. Men o‘z oilam sirlarini matbuotga tarqatish niyatida emasman.
- Chempionlik uchun qaysi jamoalar da’vogar deb o‘ylaysiz?
- "Qizilqum", "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalarining imkoniyatlarini yuqori baholayman. Umid qilamanki, "Qizilqum" mamlakat chempioni bo‘ladi.
- Jamoa muxlislariga tilaklaringiz...
- Muxlislardan doim jamoaga ishonch bildirgan holda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini so‘rab qolaman. Fursatdan foydalanib, "Qizilqum" jamoasi muxlislariga minnatdorchilik bildiraman, sababi bu yerga tashrif buyurganimdan buyon ular menga faqat iliq munosabatda bo‘lishdi. O‘z kuchim va tajribam orqali jamoa natijalariga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman.
Uchqun Azimov suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)