
"Lids" klubi sobiq himoyachisi Denni Millsning fikricha, Messi ayni vaqtda APLning top-6 jamoalarida o‘ynashga qodir emas.
"O‘ylashimcha, u men ko‘rgan eng buyuk futbolchi. Men Kroyff hamda Maradonani o‘yinlarini jonli kuzatmaganman. Balki, Ronalduning statistikasi yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, sof futbolchi nuqtai nazarida Messi eng yaxshisi. Biroq ayni damda u APLning kuchli jamoalarida o‘ynay oladimi? Menimcha, yo‘q. Shartnomasi tugagan paytda "Liverpul" unga taklif bilan chiqmadi, "Siti" ham uni qabul qilmadi. O‘ylashimcha, Messini APLda ko‘rmaymiz", - dedi Mills.
Qayd etish lozim, 2017 yilda "shaharliklar" Leoni sotib olishga uringan va u uchun 300 million yevro taklif qilgan, biroq argentinalik futbolchini Bartameu qolishga ko‘ndira olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar