
Erik ten Hag Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etmasligini aytib o‘tdi.
- "Shaxsiy sabablariga ko‘ra u biz bilan emas. Ronaldu yangi mavsumda jamoamizda bo‘ladi, gap tamom. U bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapman.
Ronaldu ketishni xohlayotgani haqida? Uning o‘zi bu haqida gapirmadi. Faqatgina xabarlardan o‘qidim, yuqorida aytganimdek, Krishtianu sotilmaydi. U bizning rejalarimizga kiradi, Ronaldu bilan muvaffaqiyatga erishmoqchimiz.
Ushbu muammo paydo bo‘lishidan oldin u bilan gaplashgandik. Ronaldu bilan munosabatlarimiz yaxshi", - dedi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag.
Ma’lumot uchun, Ronaldu oilaviy sabablarga ko‘ra qo‘shimcha ta’til olgan. U qatorasiga to‘rt marta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Krishtianuning «Manchester Yunayted» mashg‘ulotlariga qachon qo‘shilishi noma’lum.
37 yoshli hujumchi Lissabonda bo‘lib turibdi. U Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurgan.
Ronaldu 2021/22 yilgi mavsum mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Erik Ten HagKrishtianu RonalduManchester YunaytedMavsum RejalariOila SabablariHujumchi Lissabonda O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar