Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig‘inni o‘tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga yo‘l oldi. Vakillarimiz u yerda 9 avgustga qadar mashg‘ulot o‘tkazishadi.
Ta’kidlash joiz, ushbu yig‘in kelasi oy Turkiyaning Konya shahrida o‘tadigan Islom birdamligi o‘yinlariga qaratilgan. Unda Bahrom Mendiboyev maxsus texnik mashg‘ulotlar orqali sportchilarimizni eng yuqori sport formasiga olib chiqishi ko‘zda tutilgan.
Qozon safariga Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sunnatilla O‘sarov, Sarvarbek Zafarjonov, Rigina Adashboyeva kabi sportchilarimiz yo‘l olishdi.
Toshkentda o‘tadigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligidan so‘ng Nigora Suvonova, Sharofiddin Amriddinov hamda Tursunoy Jabborova asosiy jamoaga borib qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)