18:37 / 13.07.2022
1 654

"Torpedo" prezidenti: "Bizda Erkinovdek o‘yinchi yo‘q edi"

"Torpedo" prezidenti: "Bizda Erkinovdek o‘yinchi yo‘q edi"
"Torpedo" prezidenti Denis Maslov nega jamoaga o‘zbekistonlik o‘yinchi Hojimat Erkinov jalb qilingani borasidagi savolga javob berdi.

– Nega Erkinov bilan shartnoma imzolashga qaror qildingiz?
– U hujumkor insayd. Unda yaxshi tezlik bor – bunday o‘yinchi jamoamizda shunchaki yo‘q, butun RPLda esa juda kam. Yigitchada ajoyib dribling bor, u jarima maydonchasiga o‘zi kirib borishdan qo‘rqmaydi. Bir qanotda Sultonov, boshqasida esa Erkinov o‘ynashini rejalashtirmoqdamiz. Biz unga juda ham ishonamiz. Maks bilan birgalikda muzokaralar uchun O‘zbekistonga uchdik va u yerda uch kun bo‘ldik.

– Nega uch kun?
– Sababi sharq – nozik ish. 120ta somsa yemaguningcha, hech kim muloqot qilmaydi (kuladi).

– Aynan kim Erkinovni bizga o‘tishga ishontirdi? Adashmasam, unga ko‘plab da’vogarlar bor edi.
– Birinchi marta futbolchilarni jamoaga taklif qilayotganimiz yo‘q, biz ishontirishni bilamiz. Qolaversa, Shomurodov misoli ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Torpedo" prezidenti: "Bizda Erkinovdek o‘yinchi yo‘q edi"