Belarus chempionatida ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi Bobur Abuxoliqov ayni paytda ushbu mamlakat oliy ligasining eng zo‘r futbolchisi bo‘lib turibdi.
25 yoshli hujumchimiz oliy liganing o‘n to‘rtta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga o‘n to‘rtta gol hamda to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi. Bobur to‘purarlar poygasida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.
Shuningdek, mahoratli forvard gol+pas tizimida 18 ball bilan chempionatning eng foydali o‘yinchisi hamdir.
Bundan tashqari, Abduxoliqov Belarus kubogida bitta o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Umumiy hisobda, legionerimiz bu mavsum barcha 15 ta uchrashuvda 15 ta gol va 5 ta golli uzatma sohibiga aylandi. Har holda e’tirofga loyiq natija.
Bu mavsum o‘zbekistonlik legioner – Bobur Abduxoliqov, Abdulqodir Husanov, Shohruhbek Abdurahmonov va Abbozbek Jumaqulov yordamida Belarus chempionligi uchun kurashayotgan “Energetik-BGU” murabbiylar shtabi vakili Aleksandr Pavlov jurnalistlar bilan suhbatda to‘purar hujumchimiz mahoratini alohida tilga oldi.
- Bu mavsum Bobur Abduxoliqovning o‘yini ochilib ketdi. Uning siri nimada ekanini bilsak bo‘ladimi?
- Adashmasin, bizdan avval Bobur Ukrainada ham o‘ynagan. U yerda negadir ishlari yurishmagandi. Buning sababini o‘rganib chiqqanim yo‘q, chunki endi ahamiyati yo‘q.
Shunisi aniqki, Bobur bizning safimizga kelganida ham yuqori saviyali hujumchi edi. Murabbiylar shtabidan unga to‘g‘ri yo‘l topish talab etilardi xolos. U ko‘p gol uryaptimi, demak biz o‘z vazifamizni uddaladik.
Bu jamoada turli formatdagi o‘yinchilar o‘zini ko‘rsata oladi. Misol uchun, Ilya Shkurin va Bobur Abduxoliqovni olaylik. Bular bir pozitsiyada o‘ynasa ham, umuman boshqa-boshqa o‘yin uslubini namoyish qiladigan o‘yinchilar hisoblanadi. Bu nimadan dalolat beradi?
Biz o‘yinchilarni qo‘llaridan kelmaydigan narsaga majburlamaymiz. Asosiy vazifamiz – futbolchilarimizning kuchli tomonlariga tayangan holda, mashg‘ulot jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish orqali ularning rivojlanib borishiga erishishdir.
Bobur Abuxoliqov mahoratini Qarshining “Nasaf” jamoasida shakllantirgan. Qashqadaryoning yetakchi klubida besh yil o‘ynab, 2021 yilning boshida Ukrainaning “Rux” jamoasiga o‘tgandi. Lvov klubida hujumchiga umuman imkon berishmadi.
Lvovliklar bilan shartnomani bekor qilgan Abduxoliqov bir muddat jamoasiz yurdi va o‘tgan yili yozda “Energetik-BGU” bilan shartnoma imzoladi. Boburning minskliklar bilan hamkorligi joriy yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.
Legionerimiz Belarus chempionatidagi sermahsul o‘yini bilan kuchliroq ligalar vakillarining e’tiboriga tushgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Demak, Bobur gol urishda davom etsa, uning Yevropa maydonlariga yo‘llari ochilib boraveradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi