“Nasaf” klubida tarbiyalangan Bobur Abduxoliqov boshqa mamlakat chempionatlarida muvaffaqiyatli o‘ynay olishi, ko‘p gol kiritishga qodirligi, salohiyati va mahoratini namoyish qilishga loyiq ekanini amalda isbotlab qo‘ydi.
Bir yildan beri Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan legionerimiz joriy chempionatning eng yorqin yulduziga aylangan.
Bobur minsklik “talabalar” safida milliy chempionatda 14 ta uchrashuvda 14 ta gol urib, jamoasining chempionlik uchun BATE bilan raqobatlashishida asosiy omil vazifasini bajarmoqda.
“Energetik-BGU”ning futbolchimiz bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning oxirigacha tuzilgan. Xorij matbuoti to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan legionerimizga kuchli klublardan qiziqish borligini yozmoqda.
Poytaxt klubi direktori Aleksandr Zaxarchenya belaruslik jurnalistlarga klub rahbariyatining jamoadagi asosiy yulduz Bobur Abduxoliqov bo‘yicha transfer siyosati haqida gapirib berdi va rejalarini oshkor qildi.
- Bobur Abduxoliqovga yaxshi taklif bo‘lsa, biz hujumchining yo‘lini to‘smaymiz. Lekin bir necha nyuans borligini inobatga olish kerak bo‘ladi.
Ba’zan o‘yinchilar boshqa klubga o‘tishga tayyor bo‘lmaydi. Buni murabbiylar shtabi turli statistikalar yordamida aniqlaydi. Masalan, futbolchining jismoniy ko‘rsatkichlari o‘sish jarayonida bo‘ladi va biz unga ayrim jihatlar bo‘yicha hali sport formasining cho‘qqisiga chiqmaganini aytamiz.
Erkak kishi jismonan 27 yoshgacha shakllanadi. Buni unutmaslik kerak. Bundan tashqari, psixologik jarayonlar ham bor.
Kimligini aytmaymanku, lekin “Isloch”da bir futbolchi bor edi. 16 yoshida uni katta yuklamalarga ro‘baro‘ qilishdi. Shu bola oltita uchrashuvdan keyin ikki yil vaqtini tiklanishga sarfladi.
Shunga teskari boshqa misol. Darvozabon Denis Sadovskiyni biz o‘z vaqtida qo‘yib yubordik. Hozir “Gomel”da o‘zini ko‘rsatyapti.
Futbol bu biznes. Biz o‘yinchilarni tarbiyalaymiz va oxir-oqibat unga ham, o‘zimizga ham maksimal foyda bo‘ladigan variantni tanlashga harakat qilamiz.
Agar biz o‘yinchi yangi chorlovlarga tayyorligini ko‘rsak, uni mamnuniyat bilan qo‘yib yuboramiz. Shunda ham u bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolamiz. Masalan, Shahboz Umarovni olaylik. O‘zbek futbolchisi bahorda jamoamizga keldi va do‘stlari bilan suhbatlashdi. Ketishida sovg‘a-salomlar bilan kuzatib qo‘ydik, - dedi Aleksandr Zaxarchenya.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda “Energetik-BGU” sharafini to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi – Bobur Abduxoliqov, Shohruhbek Abdurahmonov, Abdulqodir Husanov va Abbosbek Jumaqulov himoya qilmoqda.
O‘z vaqtida bu klubda o‘ynagan Jasur Yaxshiboyev keyinchalik kuchli klublarda o‘ynab, Belarus, Polsha va Moldova chempionligini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashib, Madridda “Real” darvozasini ishg‘ol qilib, tarixga o‘z nomini yozdirdi.
Shahboz Umarov esa “Energetik-BGU”dan keyin BATEda o‘ynab, chempionat kumush medal sovrindori va Belarus kubogini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)