
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Sporting" klubiga qaytmaydi. Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi.
"SPORT TV Portugal" nashri 37 yoshli goleadorning sobiq jamoasiga qaytishi to‘g‘risida xabar chiqardi, Ronaldu esa mazkur xabarga javoban "feyk", deya izoh qoldirdi.
Ayni vaqtda "Chelsi" Krishtianuni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. "Aristokratlar"da ayni vaqtda markaziy hujumchi pozitsiyasida kuchli o‘yinchi yo‘q. Shu sababli, mazkur transfer amalga oshish ehtimoli mavjud.
Qayd etish lozim, goledorning o‘zi MYUni tark etib, Yevropa Chempionlar ligasida to‘p tepuvchi klub safiga o‘tishni istayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar