
“Roma” afsonasi Franchesko Totti jamoaning yangi a’zosi Paulo Dibalaga 10-raqamni olishni taklif qilgandi.
Ma’lumki, bu raqam 2017 yildan beri bo‘sh turibdi. Bu raqamning oxirgi egasi Franchesko totti hisoblanadi. Bu hujumchi faoliyatini yakunlaganidan beri hali biror futbolchi uning raqamini olishga jazm etmagan.
Paulo Dibala ham xuddi shunday bo‘ldi. Argentinalik yulduz 10-raqamni tanlab, o‘z zimmasiga og‘ir mas’uliyatni olishdan cho‘chidi. Shu bois, o‘zining Argentina terma jamoasidagi raqami – 21ni tanladi.
28 yoshli futbolchi Rim klubi bilan 2025 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi. Bitimni uni sotib olishni istagan klub 20 million yevro to‘lashi to‘g‘risida band kiritildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar