
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAFA Women’s Championship—2022 doirasida 20 iyul, chorshanba kuni Eronga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 86-daqiqasida Maftuna Shoyimova tomonidan urilgan gol o‘zbekistonliklarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa Midori Honda shogirdlari musobaqa doirasidagi barcha to‘rtta o‘yinni o‘z foydasini hal qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Eron tashqari Turkmaniston (6:0), Qirg‘iziston (7:0) va Tojikistonni (6:0) yengdi. Terma jamoa mazkur musobaqada o‘z darvozasidan birorta ham to‘p olib chiqmadi. To‘plar nisbati — 20:0. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar