
Bugun “Paxtakor” klubi yozgi yig‘ini doirasida Qarshining “Nasaf” klubi bilan nazorat bahsida bellashdi. Chempionatdagi ikki yetakchi jamoa o‘rtasidagi uchrashuv qiziqarli kechdi. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda “Paxtakor”ning qo‘li baland keldi – 3:1.
Avvaliga Oliver Sharkich 5-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Taym oxirlarida yana Sharkich o‘z dublini rasmiylashtirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim boshida Sharof Muhitdinov o‘zining goli bilan hisobni qisqartirdi. Biroq Dragan Cheran 58-daqiqada uchinchi golni urdi.
"Paxtakor" - "Nasaf" 3:1
Gollar: Sharkich 5-pen, 42, Cheran 58 - Muhiddinov 47.
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, Martinovich (Tursunov, 79), Larin (Azmiddinov, 60), Sayfiyev, Aliboyev, Hamrobekov (Ismoilov, 60), Sobirxo‘jayev (O‘rinboyev, 60), Hamdamov (Xolmatov, 60), Cheran, Sharkich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar