Rasman! Qatar klubi Islom To‘xtaxo‘jayev transferini e’lon qildi

Rasman! Qatar klubi Islom To‘xtaxo‘jayev transferini e’lon qildi
Superliga 1-davrasini Navoiyning "Qizilqum" klubida o‘tkazgan tajribali himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev legionerga aylandi. U Qatarning "Al-Garafa" klubi safiga ko‘chib o‘tdi.

Futbolchi qatarliklar bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. Bu haqda "Al-Garafa" o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, To‘xtaxo‘jayev "Qizilqum" safida bu mavsum 13 o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta sariq kartochka ishlab oldi. Shuningdek, u O‘zbekiston kubogining 3 ta bahsida maydonga tushgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar