16:11 / 29.07.2022
1 594

Shomurodov Mourinoga kerak bo‘lmay qoldi. U bilan qanday voqea sodir bo‘ldi?

Shomurodov Mourinoga kerak bo‘lmay qoldi. U bilan qanday voqea sodir bo‘ldi?
2019 yil Joze Mourino Osiyo Kubogini sharhlash uchun taklif qilingandi. O‘shanda murabbiy "Manchester Yunayted"ni tark etib, ishtiyoq bilan yangi loyihaga kirishgandi. O‘shanda u Eldor Shomurodov haqida ilk bor tasavvurga ega bo‘lgandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, ular o‘rtasida shaxsiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uni futbolchining agenti German Tkachenko tashkil qilgan.

Shunda Eldor portugaliyalik murabbiy uning nafaqat o‘zini, balki statistikasidan ham xabardor ekanligidan hayratda qolgandi. Esdalik sifatida ular suratga tushishdi. Shomurodov bu uchrashuvdan benihoya xursand edi, chunki u bolaligida Joze murabbiylik qilgan "Chelsi"ga muxlislik qilardi. Bir-ikki yildan so‘ng bu iltifotli kishi hujumchini bosh murabbiy sifatida tanqid qiladi, deb kim o‘ylabdi deysiz. Qo‘shimchasiga u "Roma" rahbariyatiga Eldorni yangi mavsumda jamoaga keraksizligini ma’lum qiladi.

Bu haqda Corriere Dello Sport sayti xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, "Roma" Valeriy Karpinning sevimli hujumchisidan qutulmoqchi, chunki Eldor yozgi mavsum oralig‘ida murabbiyni hayratga sola olmagan. Avvaliga klub ko‘ngildagidek o‘tmagan mavsumdan keyin futbolchiga imkoniyat bermoqchi edi. Ammo, aftidan, Shomurodov buni oqlay olmadi. Nashrning yozishicha, Eldorga A Seriyaning boshqa klublarida to‘p tepish imkoniyati bor. Biroq qiziqish u qadar yuqori emas.

Uning ketishiga yana bir sabab Paulo Dibalaning transferi sanaladi. Argentinalik futbolchi "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etganidan keyin "Roma"ni tanlashini ko‘pchilik kutgandi. Lekin bunda go‘yoki Mourino katta rol o‘ynadi. Shaxsan uning o‘zi Dibalaga qo‘ng‘iroq qilib, yangi mavsumdagi katta vazifalar va ambitsiyalar haqida gapirdi va u argentinalik hujumchi atrofida jamoa qurishga va’da berdi. Suhbatlar natija berdi, qo‘shimchasiga yaxshi maosh taklif qilindi. Umuman olganda, "Roma" yozgi transfer mavsumini faol o‘tkazmoqda - klub Jozening deyarli barcha talablarini qondirdi. Zeki Chelik "Lill"dan, Mile Svilar "Benfika"dan, Nemanya Matich esa "Manchester Yunayted"dan olib kelindi. Darhaqiqat, asosiy pozitsiyalar mustahkamlandi.

"Roma"ni allaqachon bir nechta futbolchilar tark etishdi, Shomurodov esa navbatdagi bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil. U uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirildi, ammo katta taassurot qoldirmadi. Shu sababli, klub transfer oynasi tugaguncha kutib turishi va eng yaxshi taklifni tanlashi mumkin.

O‘tgan mavsumda Shomurodov qanday o‘yin namoyish etdi?

Ko‘ngildagidek emas. Dastlab Jekoning o‘rniga Eldorni taklif qilishdi, lekin u Edenning o‘rnini bosa olmadi. Ko‘p narsa Mourinoning o‘ziga yaxshi tanish Temmi Abraham bilan shartnoma imzolagani bilan bog‘liq. Shunday qilib, mavsum boshidanoq Shomurodov zaxira o‘rindig‘iga o‘tirdi va asosan, o‘yinlar yakunlanish arafasida maydonga tushirildi. Umuman olganda, to‘qqiz oy ichida bor-yo‘g‘i beshta gol urilishi Rimdagi faoliyati uchun kutilgandek emasdi.

Norozilikning cho‘qqisi yil boshiga to‘g‘ri keladi. "Roma" "Yuve" ustidan 3:1 hisobida oldinda borayotgandi, o‘shanda Shomurodov maydonga tushirildi va o‘yin 3:4 hisobida yakunlandi. Mourino hammani, shu jumladan, Eldorni ham ayamay tanqid qildi.

Bahorda Shomurodov o‘yin vaqtidan noroziligini omma oldida bildirdi.

- "Roma"dagi o‘yinimdan noroziman. Men ko‘proq o‘ynashni xohlayman. Mourino bilan aloqangiz qanday? Yaxshi. Ehtimol, avvalgidek emas, lekin hali ham yaxshi. Mening klub bilan shartnomam bor. Agar ko‘proq o‘ynasam, qolaman. Ammo hozirda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish istagi yo‘q, - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RomaPress.net sayti.

Keyinchalik bu so‘zlar rad etildi. Aytilishicha, futbolchining so‘zlarini xorij matbuoti noto‘g‘ri talqin qilgan. Ammo uning yuragida cho‘kindi qolgandi. Keyingi 10 uchrashuvda forvard bor-yo‘g‘i 83 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Biroq mavsum oxirida umid to‘lqinlari paydo bo‘ldi. Italiyada bu mashg‘ulotlardagi mashaqqatli mehnat bilan bog‘liq edi va Shomurodov murabbiy e’tiboridan chetda qolmadi. Shunday qilib, mavsum oxirida bir nechta o‘yinlarda unga imkon berildi, hatto "Feyenoord"ga qarshi Konferensiya ligasi finalida almashtirildi.

Biroq endilikda "Roma"dagi sarguzashtlar nihoyasiga yetib borayotgandek ko‘rinmoqda. Unda tanlash imkoniyati ko‘p emas: yo uchinchi hujumchi bo‘lib qolaverish kerak, yoki boshqa klublardan takliflarni ko‘rib chiqish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Mourinoga kerak bo‘lmay qoldi. U bilan qanday voqea sodir bo‘ldi?