
AGMK o‘z safiga gruziyalik futbolchi Giorgi Papavani qo‘shib oldi.
"Jamoamiz yozgi transfer oynasidagi oxirgi kelishuvga erishdi. Erkin agent maqomidagi tajribali futbolchi, Gruziya futboli yulduzlaridan biri — Giorgi Papava tayanch yarim himoyachi sanaladi.
AGMK futbol klubi «Dinamo» Tbilisi jamoasining ko‘p yillik sardori — Giorgi Papava bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyatini «Dinamo» Tbilisida boshlagan, keyinchalik Kiprning «Nea Salamina» jamoasida o‘ynagan va Gruziyada «Dila Gori» hamda «Rustavi» klublarida ham to‘p tepgan Papava oxirgi 4 mavsumni «Dinamo» Tbilisida jamoa sardori sifatida o‘tkazdi va 4 marotaba Gruziya chempionligiga erishib, 3 bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Giorgi Papava Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasida maydonga tushgan.
Papava faoliyati davomida 267 o‘yin o‘tkazgan va raqiblari darvozasiga 7 marotaba gol urgan.
Umid qilamizki, Giorgi AGMK bilan ham O‘zbekiston Superligasida chempionlikni qo‘lga kiritadi.
AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Giorgi!" — deyiladi olmaliqliklar xabarida.
Manba: AGMK matbuot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar