
Fransiya Superkubogidan o‘rin olgan PSJ - "Nant" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda parijliklar yirik 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan PSJ hujumchisi Lionel Messi uni aldab o‘tgan holda hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Neymar jarima zarbasini mohirona ijro etib, oradagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa standart vaziyat yuzaga kelishi natijasida Ramos hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 82-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirib, tabloda 4:0 natijasi qayd etilishini ta’minladi. Shu tariqa, parijliklar joriy mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
PSJ – Nant 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 22 Messi, 2:0 – 45 Neymar, 3:0 – 57 Ramos, 4:0 – 82, penalti Neymar.
PSJ – Donnarumma, Xakimi (Mukiyele, 78), Ramos, Markinos, Kimpembe, Mendesh (Bernat, 68), Verratti (Paredes, 78), Vitinya (Danilu Pereyra, 68), Sarabiya (Kalimuendo, 84), Messi, Neymar.
Nant – Lafon, Pallua, Kastelletto, Jirotto, Appia (Fabio, 78), Sissoko, Chirivelya (Moxamed, 64), Blas, Koko (Mutussami, 64), Saymon, Gessan (Korshya, 78).
Ogohlantirishlar: Vitinya (16), Koko (38), Mutussami (75).
Chetlatish: Kastelletto (81). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar