
Xabar berib o‘tganimizdek, 13 avgust kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Lift Promotions kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur jang kechasiga o‘zbek boksining tirik afsonasi Artur Grigoryan ham faxriy mehmon sifatida tashrif buyuradi.
Artur Grigoryan 1996-2004 yillar davomida yengil vazn toifasida WBO kamari egasi bo‘lgan. U o‘z kamarini 7 yil, 6 oy-u, 20 kun davomida saqlab turib, 17 bor muvaffaqiyatli himoya bilan rekord natija qayd etgan. Hozirda Germaniyada murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida Fazliddin G‘oibnazarov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Mujibillo Tursunov kabi bir qator bokschilar o‘z janglarini o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar