"Vulverxempton" "Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi uchun kurashga qo‘shildi. “Sky Sports” nashri xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" belgiyalik hujumchini bir yilga ijaraga olmoqchi.
Oldinroq ingliz klubi “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq rimliklar o‘zbekistonlik forvardni ijaraga bermasliklari, agar to‘liq transfer borasida takliflar bo‘lsa muzokara stoliga o‘tirishini ma’lum qilgan edi.
Ko‘rinishidan “Vulverxemton” Shomurodov transferidan voz kechgan ko‘rinadi. Shu bois, ular hozirda bor e’tiborini Batshuayiga qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, Mishi o‘tgan mavsumni Turkiyaning "Beshiktosh" klubida ijarada o‘tkazgan edi. Ayni damda hujumchi xizmatlariga yana bir ingliz klubi qiziqish bildirmoqda - "Everton".
Batshuayi “Chelsi”ga 2016 yilning yozida Fransiyaning “Marsel” klubidan kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi o‘zining debyut mavsumidayoq "Vest Bromvich"ga qarshi chempionlik golini urib, Premer-ligada g‘olib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas