
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning keyingi jamoasi deyarli ma’lum. “Foot Mercato” nashri jurnalisti Santi Auna o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, futbolchining keyingi manzili “Bolonya” bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan. Transfer keyinchalik 11 million yevro evaziga sotib olish sharti bilan ijara asosida amalga oshiriladi.
Oldinroq Eldorga Italiyaning bir qancha klublari va Angliyaning “Vulverxemton” jamoasi ham qiziqish bildirgan edi. Biroq tomonlar Shomurodovning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsum A seriya doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar