Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida fikr bildirdi.
O‘yin haqida
- "Dinamo" jamoasi o‘yinni yaxshi boshladi. Bu narsa uzoqdan yo‘llangan zarbalar, qolaversa, burchak to‘plarida o‘z aksini topdi. Biroq 10-15 daqiqadan so‘ng o‘yinni o‘z nazoratimizga oldik. Birinchi golni kiritgan vaziyatda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Qarshi hujumda o‘ylangan kombinatsiya ish berdi. O‘ylashimcha, dastlabki goldan so‘ng o‘yinning to‘liq nazorati biz tarafga o‘tdi. Bugun shogirdlarim himoyada ham, hujumda yaxshi o‘yin namoyish etishdi.
- Jamoaning "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng boshqacha o‘yin namoyish etishi sizning olib borgan ishlaringiz mahsulimi?
- Biz imkon qadar o‘sha holatdan chiqishga harakat qildik. O‘sha o‘yindagi natija ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Lekin oldimizda o‘yinlar ko‘p, yetarlicha vaqt bor. Shu bois, o‘tgan o‘yinlarni esdan chiqarib, o‘z holatimizga qaytishimiz lozim. O‘ylashimcha, bugungi g‘alaba shogirdlarimga asqotadi", dedi qarshiliklar ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...