
2026 yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
U kecha, 7 avgust kuni Hindistonning Chennai shahrida turib, 2026 yil butunjahon shaxmat olimpiadasi qayerda o‘tkazilishi bo‘yicha yer yuzining barcha mamlakatlaridan kelgan delegatlar uzil-kesil qaror qabul qilishi oldidan butunjahon shaxmatida o‘ta muhim bo‘lgan kun uchun taqdimot tayyorlayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
«Ushbu muhtasham olimpiada vatanimizda o‘tkazilishi uchun biz asosiy da’vogarmiz. O‘zbekistonni dunyoning intellektuallari markaziga aylantirish, bizga nasib qilsin», – deb yozgan edi Sa’dullayev.
Shaxmat OlimpiadasiO‘zbekiston ShaxmatButunjahon ShaxmatAlisher Sa’dullayevHindiston ChennaiYil O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar