20:23 / 08.08.2022
1 490

O‘zbekiston shaxmat jamoasi mag‘lubiyatsiz yurishni davom ettirdi va chempionlikka yanada yaqinlashdi

O‘zbekiston shaxmat jamoasi mag‘lubiyatsiz yurishni davom ettirdi va chempionlikka yanada yaqinlashdi
8 avgust kuni Hindistondagi shaxmat olimpiadasining navbatdagi hal qiluvchi turi bo‘lib o‘tdi. 10-turda O‘zbekiston shaxmat jamoasi hindistonlik raqiblariga qarshi dona surishdi.

Javohir Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev durang o‘ynagan bo‘lsa, Javohir Sindarov mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov esa Gukesh Dommarajmu bilan qariyb besh soat davomida kurash olib bordi. Bahsning dastlabki qismida vaziyatini og‘irlashtirib qo‘ygan o‘zbekistonlik shaxmatchi iroda ko‘rsatdi va fantastik g‘alabaga erishib, hisob 2:2 bo‘lishini ta’minladi. Bu esa O‘zbekistonning turnirda chempionlik uchun imkoniyatini saqlab qoldi.

Bu durangdan keyin O‘zbekiston ochkolari sonini 17 taga yetkazgan holda (+1) birinchi o‘rinda qolmoqda. Bu turda Ozarboyjon ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan Armanistonda ham shuncha ochko bor.

So‘nggi turda O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi - ochkolar teng kelib qolgan taqdirda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi va bu borada ustunlik O‘zbekiston tomonida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston shaxmat jamoasi mag‘lubiyatsiz yurishni davom ettirdi va chempionlikka yanada yaqinlashdi