
Hindistondagi 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda. Gap shundaki, dunyo birinchiligida jamoaviy bahslardan tashqari individual natijalar bo‘yicha ham medallar o‘ynaladi.
Ushbu individual natijalar bo‘yicha Jahongir Vohidov 4-taxtada o‘ynagan shaxmatchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Nodirbek Abdusattorov esa 1-taxtadagi shaxmatchilar orasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U hattoki shaxmat tojining amaldagi sohibi Magnus Karlsenni ham ortda qoldirdi. Bu taxtada oltin medal mezbon hindistonlik Gukeshga nasib etdi.
Yana bir hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev esa 2-taxtadagi shaxmatchilar orasida bronza medali sohibi bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar