
"Ayntraxt" bosh murabbiyi Oliver Glasner "Real"ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 10 avgust oqshomida bo‘lib o‘tadi.
"O‘zimizga ishonib o‘ynashimiz kerak, himoyada mustahkam, sodiqlik va katta ishtiyoq bilan. Biz "Real"ga katta muammolar keltirib chiqara olishimizga ishonaman. Sovrinni Frankfurtga olib ketishni istaymiz.
Benzemani ushlab bo‘lmaydi, unda yaxshi sifatlar bor. O‘yinni istalgan vaqtda jamoasi tarafiga o‘zgartirib yuborishi mumkin. Vinisius, Valverde, Rodrigo kabi futbolchilarga pasni o‘tkazmasligimiz kerak. Raqibga zich o‘ynab, kamroq imkoniyat taqdim qilishimiz lozim.
Raqibdan qo‘rqmaymiz. Hammada imkoniyat doimo bo‘lgan. Bu o‘yinda yutish uchun maydonga tushamiz. Yevropaning eng yaxshi jamoasini mag‘lub etamizmi, demak, bizda yaxshi sifatlar bor. Biz ajoyib jamoamiz", - dedi Glasner. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar