“Bolonya” Eldor Shomurodovga asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan edi. Bu jamoa “Roma” bilan kelishuvga yaqin ekani xabar qilingandi.
Shomurodov transferining amalga oshishiga “Bolonya” rimliklardan ijara shartnomasidagi hujumchini keyinchalik sotib olish majburiyati haqidagi bandni xarid qilish huquqiga almashtirishni talab qilayotgani to‘sqinlik qilib turgani haqida xabarlar tarqatildi. Manbalarning ta’kidlashicha, Shomurodovning transferi 11 million yevroga tushishi ham aytildi.
Biroq, La Repubblica nashrining taniqli jurnalisti Andrea Di Karlo Shomurodov transferiga to‘sqinlik qilayotgan boshqa holat borligini aniqladi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Roma” rahbariyati Shomurodov transferidan zarar ko‘rmaslik uchun o‘zbek hujumchisi uchun “Bolonya”dan 15 million yevro talab qilmoqda ekan. O‘z navbatida, bolonyaliklar bu narxni sun’iy oshirilgan, deb hisoblamoqda va muzokaralarni to‘xtatib turishga qaror qilgan.
Darqahiqat, poytaxt klubi o‘tgan yili yozda bosh murabbiy Joze Mourino talabini bajarish uchun Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan olishga 18 million yevro sarflagan edi. Genuyaliklar 2020 yilning kuzida hamyurtimiz uchun “Rostov”ga 7,5 million yevro badal puli to‘lagan va keyinchalik turli bonuslar evaziga bu summa 9 million yevroga ko‘tarilgandi.
“Jenoa” Shomurodovni bir mavsum o‘ynatib, xarajatlarini ikki baravar qilib qoplab oldi. “Roma”da zaxiraga o‘tirib qolgan Shomurodovning transfer narxi keskin pasayib ketdi va ayni paytda https://www.transfermarkt.world bo‘yicha 8 million yevroni tashkil qilmoqda.
“Roma” yozgi transferlar oynasi davomida mazkur saytda narxi past ko‘rsatilgan bir necha o‘yinchilarni boshqa jamoalarga ijaraga berib, xaridorlarga sotib olish majburiyati summasini qimmatroq belgilashni uddaladi. Xususan, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto “Selta”ga ijaraga jo‘natilgan va transfer narxi 6 million yevroga baholangan Karles Peres uchun ispan klubini yozda 10-12 million yevro to‘lashga ko‘ndirdi.
Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan ispan yarim himoyachisi Gonsalo Vilyar “Sampdoriya”ga ijaraga berildi. Genuyaliklar besh million yevro turadigan bu o‘yinchini yozda 10 million yevro atrofidagi summaga to‘liq transfer qilish imkoniyatiga ega.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tyagu Pinto Eldor Shomurodov borasida ham huddi shu usulni qo‘llamoqchi bo‘layapti. Ya’ni, portugaliyalik mutaxassis o‘yinchilarni boshqa jamoalarga ijaraga berib, bir mavsumdan so‘ng https://www.transfermarkt.world portalida ko‘rsatilgan narxidan qariyb ikki baravar summaga sotishni istayapti.
Ta’kidlash joizki, “Bolonya” Shomurodovga xaridor bo‘layotgan yagona jamoa emas. A Seriya vakillaridan “Sassuolo” va “Torino” hujumchimiz atrofidagi vaziyatni anchadan beri kuzatib kelyapti. Shuningdek, Turkiyaning amaldagi chempioni “Trabzonspor” jamoasi Chempionlar ligasi oldidan hujum chizig‘ini o‘zbek legioneri yordamida kuchaytirib olishni rejalashtirgan.
Shomurodov faoliyati davomida O‘zbekiston, Rossiya va Italiya yuqori ligalarida ishtirok etib, klublar miqyosida jami 221 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli pas uzatgan.
Shuningdek, 27 yoshli hujumchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi va sardori hisoblanadi. Hujumchimiz mamlakatimiz bosh jamoasida 56 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...