08:45 / 11.08.2022
1 295

Viktor Karpenko: "Har safar o‘zimizga o‘zimiz gollar olib kelyapmiz"

Viktor Karpenko: "Har safar o‘zimizga o‘zimiz gollar olib kelyapmiz"
Coca-Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" – "Qizilqum" (1:2) uchrashuvi so‘ng mezbonlar ustozi Viktor Karpenko fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqidagi fikrlaringiz qanday?
- O‘yin qiziq kechdi. Ikkala jamoa darvozasi oldida ham hujumlar ko‘p bo‘ldi. Muxlislarimizga oxirgi daqiqagacha bizni qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun rahmat deb qolaman. Yigitlar ham oxirigacha harakat qilishdi. Bugun ijrochilarning mahorati borasida "Qizilqum" ustun bo‘ldi.

- Nega birinchi bo‘limda "Bunyodkor" yomon taassurot qoldirdi? Faqatgina birinchi golni o‘tkazganingizdan so‘nggina o‘ynashni boshladingiz...
- "Qizilqum" kuchli o‘yinchilarga ega bo‘lgan tajribali jamoa. Biz o‘yinni boshqarayotgandek edik. Ammo yo‘l qo‘yilgan xato golga olib keldi. Darvozamiz oldida vaziyatlar unchalik ham ko‘p bo‘lmagandi, biz to‘pni nazorat qilayotgandik. Yuqorida aytganimdek, biz har safar o‘zimizga o‘zimiz gol olib kelyapmiz. Biz bu xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Hozircha esa buning imkoni bo‘lmayapti. Bugun ham ikkala golda to‘pni o‘zimiz oldirdik. Ikki to‘p farqini esa yo‘qqa chiqarish qiyin bo‘ldi. Ammo yigitlarim oxirgacha harakat qilishdi va bitta gol urishdi. Ikkinchi golni kiritishning esa imkoni bo‘lmadi.

- Pobulich va Mogilevetsning o‘yinidan qoniqdingizmi?
- Hozircha ular jismoniy tomondan to‘liq tayyor emaslar. Sababi, ikki futbolchi ham yarim yil davomida katta futbol o‘ynamaganlar. Mashq qilish boshqa, o‘yinlarda maydonga tushish boshqa. Ikki marta maydonga tushib o‘yin tempiga moslashish biroz qiyin bo‘ladi. Ularga vaqt kerak. Mashg‘ulotlarga kelsak, yigitlar harakat qilishmoqda. Albatta, legionerlardan ko‘proq narsa kutamiz. Ammo ulardan oldingi darajalarini talab qila olmaymiz. Yarim yil o‘ynamasangiz, bu o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Karpenko: "Har safar o‘zimizga o‘zimiz gollar olib kelyapmiz"