22:35 / 11.08.2022
1 414

Timur Kapadze jamoasining durang o‘ynagani xususida qanday fikrda?

Timur Kapadze jamoasining durang o‘ynagani xususida qanday fikrda?
“Olimpik” – “Qo‘qon-1912” (1:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Chunki Superligada oson o‘yinlar yo‘q. Gol urganimizdan tashqari yana bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik. To‘g‘ri, raqib jamoa ham jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Umuman olganda, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Uchrashuvni ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz.

- “Olimpik”ni birinchi bo‘lim oxirgi 15 daqiqasida qarshi hujumlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yishi nima bilan bog‘liq?
- “Qo‘qon-1912” bizni qarshi hujumda biroz qiynadi. Demak, o‘sha vaziyatda jamoamiz biroz “yama”ga tushib qoldi. To‘g‘ri, barcha hujumi ham o‘tmadi. Lekin o‘sha holatda “yama”ga tushish ehtimoli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Hammasini ko‘ramiz, o‘rganamiz. Himoyachilar ham biroz aqlliroq o‘ynasa bo‘lardi. Biz hujumga o‘tayotganda to‘pni yo‘qotdik va raqib tezkorlik bilan qarshi hujumlarga o‘tdi. Bunday vaziyat ketma-ket bo‘lgani uchun kuchni ham oldi. Qayerdadir xato ham bo‘ldi.

- Shaxzod Toirov ikkinchi bo‘limda maydonga tushib qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Yana bir epizodda xavfli o‘ynadi. O‘yinga kirisha olmadi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Balki tayyorgarlik bilan bog‘liqdir. Markaziy himoyachi bunaqa xato qilmasligi kerak. Yanaham bunday xato kurashda emasdi. Ammo bunaqasi bo‘lib turadi. Texnik xato qildi. Albatta, yana gaplashamiz. Har bir raqib bunday xatodan foydalanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze jamoasining durang o‘ynagani xususida qanday fikrda?