17:26 / 14.08.2022
2 075

"Manchester Yunayted"ni yer tishlatgan “Brentford” raqibning eng nozik nuqtasini fosh qildi

"Manchester Yunayted"ni yer tishlatgan “Brentford” raqibning eng nozik nuqtasini fosh qildi
“Brentford” futbolchilari nomdor raqib – “Manchester Yunayted” darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilib, ikkinchi turning eng shov-shuvli natijasini qayd etdi.

“Brentford” bosh murabbiyi Tomas Frank manchesterliklarning yangi o‘yinchisi Lisandro Martinesning bo‘yi pastligidan foydalanganini ta’kidladi.

Lisandroning bo‘yi 175 santimetrni tashkil qiladi va bu markaziy himoyachi uchun ancha past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu transfer oldidan angliyalik mutaxassislarning aksariyati Erik ten Xag topgan himoyachi bo‘yi pastligi bois jamoaga yordam berolmasligini ta’kidlagan edi.

- Biz Martinesning bo‘yi pastligidan foydalandikmi? Biz bu holatda havodagi kurashlar va to‘pni birinchi egallashda ustunlikka ega ekanimizni bilardik. “Brayton”ning o‘yinini ko‘rdik. Ular odatiy taktikani o‘zgartirib, uzun paslar orqali o‘ynab, manchesterliklarni mag‘lub etdi. Biz aynan mana shunday quroldan foydalandik, - dedi Tomas Frank.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Yunayted"ni yer tishlatgan “Brentford” raqibning eng nozik nuqtasini fosh qildi