Superliganing 16-turi doirasida "Nasaf" - AGMK uchrashuvidan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiye o‘z fikrlarini bildirdi.
- O‘yinning oxirigacha g‘alaba uchun kurashganiga yigitlardan minnatdorman. Ammo g‘alaba qozona olmadik. Bunga bir necha sabablar bor. Birinchidan, yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Ikkinchidan, hakamlikdan qoniqmadik. Asosan ikki vaziyatda - Markoga jarohat yetkazilgan paytda raqib futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi. Ko‘plab bahslarga boy bo‘lgan 11 metrlik jarima to‘pi. Fikrimcha, olib kelingan VAR tizimi bizni o‘stirib qo‘ymaydi. Chunki asosiy qarorni insoniylik faktori hal qilmoqda.
- Hakamga qarshi protest yozildimi?
- Bu narsa hech nimani o‘zgartirmaydi. Bunday holatdan biz ilk marta jabr ko‘rmayapmiz. "Olimpik" bilan o‘yinda chiziqdan o‘tgan to‘pni ham hisoblashmadi. Ular bu holat bizga yaxshi ko‘rinmadi deyishdi. "Navbahor" bilan o‘yinda ham gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda qo‘pollik bo‘lgandi. Bu bahonamasku, shunchaki VAR orqali rivojlanmasligimizni bildim.
- Legionerlarning o‘yinlaridan qoniqdingizmi?
- Biz legionerlarni raqobat uchun taklif qilganmiz. Bizda asosiy tarkib bor. Ular ushbu futbolchilarga raqobat qilishi kerak. Shuning uchun ularni jamoaga taklif qilganmiz. Agarda ular tayyor bo‘lmasa, o‘ynamasligi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi