12:36 / 23.08.2022
1 688

Eron U-16 bosh murabbiyi: "O‘zbekiston gol urmaganida, hakam yana 10 daqiqa qo‘shishga tayyor edi"

Eron U-16 bosh murabbiyi: "O‘zbekiston gol urmaganida, hakam yana 10 daqiqa qo‘shishga tayyor edi"
Toshkentdagi JAR stadionida “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” musobaqasi doirasidagi O‘zbekiston va Eron o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Xossein Abdi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Avvalo bunday turnirga taklif qilganingiz uchun raxmat aytaman. Ilk o‘yindanoq turnir yaxshi tashkillashtirilgani bilinib turibdi. Fikrimcha, ikki jamoa uchun ham hissiyotlarga boy bahs bo‘ldi. Ayniqsa so‘nggi besh daqiqalik barchani hayajonda ushlab turdi. Maydonda nazoratni ushlashga harakat qildik. Qolaversa, O‘zbekiston o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepdi va oxirigacha kurashdi.

Bir narsani alohida ta’kidlash joiz, hakamlik borasida bir qancha ishlar olib borilishi yaqqol ko‘rinib qoldi. Bizga bir nechta jarima zarbasi belgilanmadi. Oxirgi 10 daqiqalikda hakam qaysidir ma’noda ta’sir qildi. Menga shunday tuyuldiki, agar O‘zbekiston gol urmaganida hakam yana 10 daqiqa qo‘shib berishga tayyor edi. Rahmat
", - deydi Eron U-16 bosh murabbiyi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron U-16 bosh murabbiyi: "O‘zbekiston gol urmaganida, hakam yana 10 daqiqa qo‘shishga tayyor edi"